Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Manba: Mbappe Ispaniya kubogi finaligacha jarohatidan forig‘ bo‘ladi

Manba: Mbappe Ispaniya kubogi finaligacha jarohatidan forig‘ bo‘ladi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasining chorak final javob bahsida «Arsenal»ga qarshi o‘yinda (1:2) oyog‘idan jarohat oldi va ikkinchi bo‘limda almashtirildi.

"As" nashrining xabar berishicha, dastlabki tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra, fransiyalik yulduzda oyoq tagidagi bog‘lamalar cho‘zilishi aniqlangan. Bu esa jiddiy jarohat emasligini anglatadi.

«Real» mutaxassislari Mbappening jarohati katta xavotirga sabab bo‘lmasligini ta’kidlashmoqda, biroq keyingi 48 soat ichida u yanada chuqurroq tekshiruvdan o‘tadi. Kilian 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya kubogi finalida «Barselona»ga qarshi "klassiko"da qatnashishi kutilmoqda.

Shuningdek, Mbappe 20 aprel kuni La Liga doirasida «Atletik»ka qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi — u «Alaves»ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgani bois diskvalifikasiya qilingan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:19, 17.04.2025.
O'qildi: 1627 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик