Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend - Arsenal

YEL. "Otishma"ga aylanib ketgan o‘yinda Maguayr qo‘shimcha taymlarning so‘nggida gol urib, "Manchester Yunayted"ni yarim finalga olib chiqdi

YEL. "Otishma"ga aylanib ketgan o‘yinda Maguayr qo‘shimcha taymlarning so‘nggida gol urib, "Manchester Yunayted"ni yarim finalga olib chiqdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" o‘z maydonida Yevropa Ligasi chorak final javob o‘yinida "Lion"ni mag‘lub etdi - 5:4. O‘yin Manchesterdagi "Old Trafford"da bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limdan so‘ng mankunianliklar 2:0 hisobida oldinda borayotgandi - 10-daqiqada Manuel Ugarte gol urdi, bo‘lim oxirida esa Diogu Dalot o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 71-daqiqada mehmonlar bitta to‘pni qisqartirishdi - Korenten Tolisso gol urdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Nikolas Talyafiko hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqt yakunida fransuz klubi bir kishi kam bo‘lib qoldi - ikkinchi sariq kartochkani Tolisso oldi.

Dastlabki o‘yin durang (2:2) bilan yakunlangani bois jamoalar yana ikki bo‘limda 15 daqiqadan maydonda harakat qilishdi. 105-daqiqada "to‘qimachilar" yarim himoyachisi Rayan Sherki uchinchi golni urgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib Aleksandr Lyakazett penaltini aniq amalga oshirdi.

"MYU" yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh 114-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, hisobni bitta golgacha qisqartirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalardayoq Kobi Maynu Kazemirning uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, himoyachi Xarri Maguayr g‘alaba to‘pini kiritdi.

Kiritildi: 03:22, 18.04.2025.
O'qildi: 1843 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик