"Espanyol" o‘z maydonida La Liga 32-turidan o‘rin olgan bahsda "Xetafe"ni mag‘lub etdi - 1:0.
Golga Marash Kumbulla mualliflik qildi. Mehmonlar 59-daqiqadan boshlab Krisantus Uchening chetlatilishidan keyin bir kishi kam bo‘lib o‘ynashdi.
"Espanyol" qatorasiga uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Kataloniya klubi ochkolarini 38 taga yetkazib, la liga turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.
"Xetafe" 39 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.













