Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Ilyos Zeytullayev: «Yig‘inlar boshlangandan beri mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘lib turibmiz»

Ilyos Zeytullayev: «Yig‘inlar boshlangandan beri mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘lib turibmiz»

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan “Xorazm” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyin "qaldirg‘ochlar" ustozi Ilyos Zeytullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun ham maydonga g‘alaba qozonish uchun tushgan edik. “Qizilqum”ga qarshi o‘yindan farqli ravishda bugun ochiqroq o‘yin bo‘ldi, vaziyatlarni ko‘proq yaratdik. Biroq ulardan foydalana olmadik. Yakunda bu o‘yinda mag‘lub bo‘lishimiz mumkin edi. Ruhiyatni tushirishimiz kerak emas, bir ochko bo‘lsa ham qo‘lga kiritdik. Yigitlar katta mehnat qilishmoqda. Jamoa sifatida o‘sishimiz kerak. Bu borada xulosalar chiqaramiz. Hozirgi holatimizdan mamnunman. Biz yig‘inlar boshlangandan beri mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘lib turibmiz. Shu yo‘lda davom etishimiz kerak. Futbolchilarimga qilayotgan mehnati uchun rahmat aytaman!

Biz shunchaki vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Mavsum boshidagi o‘yinlarda vaziyatlardan gollar urayotgandik. Bugun ham xavfli vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi. Adashmasam 3 marta darvoza to‘sinini poyladik. O‘yinning o‘zi asosan raqib yarim maydonida o‘tdi. Yopilib olib, tezkor hujumlarga tayanadigan jamoalarga qarshi o‘ynash qiyin. Chunki ular doimo ritmni o‘ldirishga harakat qilishadi. Hakamlar qo‘shimcha daqiqalarni hisobga olib turishadi. Biroq gap qo‘shilayotgan vaqtda emas, o‘ldirilayotgan ritmda. Yigitlar oldinga harakatlanib, hujumlar uyushtiryotgan, muxlislar futbolchilarni oldinga boshlayotgan paytda raqib shunchaki 3-4 daqiqani yo‘qotadi. Ba’zida bu holat meni o‘yga soladi. Biroq bularning barchasi futbol", — deydi Zeytullayev.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 06:58, 19.04.2025.
O'qildi: 1758 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик