Braziliyaning "Santos" klubi matbuot xizmati jamoa yulduz hujumchisi Neymarning jarohat olgani haqida xabar tarqatdi. Futbolchi yaqinda "Atletiko Mineyro"ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi.
"Neymarning chap sonida og‘riq paydo bo‘ldi. U tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, natijada mushaklarning shikastlanishi aniqlandi. Futbolchi allaqachon davolanishni boshlagan. Kerak bo‘lsa, futbolchining tezroq tiklanishi uchun reabilitasiyada turli usullar qo‘llaniladi," - deyiladi klub xabarida.
Neymar qishki transfer oynasida "Santos"ga o‘tdi. 33 yoshli hujumchi klub bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan.













