Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

"Al-Hilol" APLdan murabbiy olib kelmoqchi

"Al-Hilol" APLdan murabbiy olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

"Al-Hilol" yangi murabbiy qidirmoqda. Saudiya klubi nomzodlardan birini APLdan topdi.

Nikolo Skiraning yozishicha, ularni "Fulxem" bosh murabbiyi Marku Silva qiziqtirib qolgan. Portugaliyalik mutaxassis kelasi mavsumdayoq "Al-Hilol"ni boshqarishi mumkin.

Silva 2021 yilning iyulidan beri londonliklarni boshqarib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Hozirda "Al-Hilol"ni Jorje Jezush boshqarmoqda. Uning kelishuvi ikki oydan keyin tugaydi. Portugaliyalikning nomzodi Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga birinchilardan bo‘lib qo‘yilgan.

"Fulxem" APLda to‘qqizinchi, "Al-Hilol" Saudiya Arabistoni chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 18:19, 20.04.2025.
O'qildi: 862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик