Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Superliga. “Dinamo” safarda “Andijon”dan ustun keldi, OKMK qiyin g‘alabaga erishdi

Superliga. “Dinamo” safarda “Andijon”dan ustun keldi, OKMK qiyin g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 6-turi doirasidagi “Andijon”—“Dinamo” hamda “OKMK”—“So‘g‘diyona” bahslari yakuniga yetdi.

“Bobur arena”da kechgan bahsda “Dinamo” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi hisob 66-daqiqada samarqandliklar tomonidan ochildi. Ulug‘bek Abdullayev Eldor Adhamov darvozasiga gol kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 81-daqiqada “burgutlar” hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi — Luka Uskokovich. 90+6-daqiqada “Andijon” hisobda oldinga chiqib olgan edi, biroq Jurikovichning goli ofsayd sabab bekor qilindi. 90+14-daqiqada “Dinamo” gol urib, g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuv yakuni arafasida Firdavs Abdurahmonov gol kiritib, Samarqand klubiga muhim 3 ochko taqdim etdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Dinamo” 12 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Andijon” esa 5-pog‘onadan joy oldi.

Olmaliqda kechga bellashuvda “OKMK” qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dastlab gol o‘tkazib yuborgan “konchilar” yakunda 3 ochkoga ega chiqishni uddaladi. Uchrashuvdagi hisob 47-daqiqada Lyupcho Doriyev tomonidan ochildi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, maydon egalari hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi — Ali Abdurahmonov. 57-daqiqada Doriyev o‘z dublini rasmiylashtirib, yana “So‘g‘diyona”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo Xurshid G‘iyosovning 74 hamda 84-daqiqalarda kiritgan gollari maydon egalariga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

Qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin “OKMK” ochkolari sonini 16 ballga yetkazib, turnir jadvalining 1-pog‘onasini egallagan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 4 ochko to‘plagan holda 14-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston Superligasi, 6-tur
20 aprel, yakshanba
“Andijon”—“Dinamo” 1:2
Gollar: 0:1 — Ulug‘bek Abdullayev (66), 1:1 — Luka Uskokovich (81), 1:2 — Firdavs Abdurahmonov (90+14)

OKMK—“So‘g‘diyona” 3:2
Gollar: 0:1 — Lyupcho Doriyev (47), 1:1 — Ali Abdurahmonov (52), 1:2 — Lyupcho Doriyev (57), 2:2 — Xurshid G‘iyosov (74), 3:2 — Xurshid G‘iyosov (84)

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:34, 20.04.2025.
O'qildi: 1399 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.