Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri Alexandro Berenger "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
93-daqiqada “Los-Blankos” yarim himoyachisi Federiko Valverde yagona gol muallifi bo‘ldi.
"Biz oxirigacha kurashdik, ammo bu Bernabeudagi "Real Madrid". Ular yertami-kechmi gol urishadi", - dedi futbolchi.
Karlo Anchelotti jamoasi 32 turdan keyin 69 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam “Barselona”dan 4 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Atletik” 57 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda.













