Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi bosh murabbiyga aylandi

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi bosh murabbiyga aylandi

Baho:
+ | -

"Kardiff Siti" yarim himoyachi Aaron Remzini vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.

Chempionshipning 43-turida "Sheffild Yunayted"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:2) klub o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon jamoani boshqarib kelayotgan 45 yoshli angliyalik Omer Rizni bosh murabbiylikdan chetlatganini ma’lum qildi.

Uning o‘rniga 34 yoshli yarim himoyachi Aaron Remzi mavsum oxirigacha jamoani boshqaradi.

Joriy mavsumda 34 yoshli uelslik futbolchi "Kardiff Siti" safida barcha musobaqalarda 10 ta o‘yin o‘tkazdi (684 daqiqa).

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning yozida Remzi 2006-2008 yillarda asosiy jamoasida o‘ynagan "Kardiff Siti"ga qaytdi.

2023 yilning iyulida u klub bilan 2 yillik - 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Remzi jamoadagi so‘nggi uchrashuvi 2025 yilning 11 martida "Luton"ga qarshi o‘yinda (1:2) bo‘lgan. Shundan so‘ng Aaron jarohati sabab jamoaning o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.

Chempionat tugashiga 3 tur qolgan Uels jamoasi 23-o‘rinda joylashgan.

Kiritildi: 10:43, 21.04.2025.
O'qildi: 1147 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.