Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Aleksandr Xomyakov: "Futbolchilar robot emas"

Aleksandr Xomyakov: "Futbolchilar robot emas"

Baho:
+ | -

Superliganing 6-turidagi “Andijon” – “Dinamo” (1:2) uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Turnir jadvalining yuqori o‘rinlarida borayotgan ikki jamoa o‘rtasidagi o‘yin guvohi bo‘ldik. Yaxshi o‘ynash va g‘alaba qozonish asosiy vazifamiz edi. Extiyot bo‘lib harakat qildik, ba’zi vaziyatlarda aniqlik yetishmadi. Bugungi o‘yinimiz va natijamiz bilan muxlislarimizni xursand qilolmadik. Bir qancha imkoniyatlardan foydalana olmadik. Masalan, bir vaziyatda Turdimurodov gol ura olmadi. Ikkinchi taymda ham to‘p o‘tkazib yuborgunimizcha bir qancha vaziyatlarimiz bo‘ldi. “Dinamo”ni hisobni ochganidan keyin ancha faolroq o‘ynadik. Lekin natija yaxshi bo‘lmadi. Alamli mag‘lubiyatga uchradik. Afsuski, o‘z maydonimizdagi ketma-ket ikkita uchrashuvda yutqazib qo‘ydik. Omad ham kelmadi, deb o‘ylayman. Raqib ancha aqlli o‘yin ko‘rsatdi. Qaysidir vaziyatda nimadir o‘xshagandek bo‘ldi. Biroq VAR bilan bog‘liq holat, vaqt cho‘zilishi ham bizning zararimizga ishlagandek. Afsuski, so‘nggi daqiqalarda to‘p o‘tkazib yuborganimiz alamli kechdi. Oxirgi daqiqalarda extiyotkor o‘yin ko‘rsatishimiz kerak edi. Yigitlar ham qo‘ldan kelganicha harakat qilishdi. Og‘ir o‘yin bo‘ldi.

- G‘alaba kutgandik, mag‘lubiyatga kim asosiy sababchi deb o‘ylaysiz?

- Biror narsa deyishim qiyin. Kim asosiy sababchi bo‘lishi mumkin? Umumiy ma’noda aytganda, raqibga omad ham kulib boqdi. Ular omad tufayli g‘alaba qozonib ketdi. Oxirigacha harakat qilishdi va kerakli natijaga erishishdi. Maydon markazida faol o‘ynashdi. Biz aynan shu hududda ko‘p imkoniyatlarni berib qo‘ydik.

- Avvalgi uchrashuvlarda o‘yindan qoniqmadim, deb aytgandingiz. Bugungisidachi?

- Ko‘p vaziyatlarda shunday deb aytaman. Yana nima deyishim mumkin? Tig‘iz taqvim, o‘yinlar tez-tez o‘tkazilyapti. Bu holat ham ta’sirini o‘tkazgan. “Dinamo”da esa bizdan farqli o‘laroq bizga nisbatan tiklanish uchun vaqt ko‘proq bo‘ldi. Natija ham, o‘yin ham meni qoniqtirmadi. Fikrimcha, bizda hech narsa o‘xshamadi. Ayniqsa, qanotlardagi harakatlarimiz yaxshi chiqmadi. Ko‘p xatolarimiz bo‘ldi. Natija biz uchun qoniqarsiz yakun topdi.

- Ko‘pchilik “Andijon”ning asosiy quroli standartlar deb ataydi. Haqiqatan ham shundaymi yoki bu sizning o‘ziga xos uslubingizmi?

- Menimcha, hamma jamoaning standartlari asosiy quroli hisoblanadi. O‘yindagi vaziyatlarga qarab standartlardan unumli foydalanishga harakat qilamiz. “Dinamo” ham standart vaziyatlardan foydalanish harakatida bo‘ladi. Bunday usullardan foydalanish bo‘yicha faqat biz emas, boshqalar ham bu kabi standartlardan yaxshi foydalanish bo‘yicha ish olib boradi.

- Murabbiylar tomonidan hali ham optimal tarkib tuzilmayapti. Nega doim rotasiyalarga qo‘l urilyapti?

- Futbolchilar robot emas-ku, ular ham charchashadi. Doim barqaror o‘yin ko‘rsata olishmaydi. O‘yinlar orasidagi vaqtning qisqaligi, ba’zida har 3-4 kunda o‘ynashga to‘g‘ri kelyapti. Vaziyatdan kelib chiqib, kimgadir dam beryapmiz. Kimgadir imkoniyat beryapmiz. 20 dan ziyod o‘yinchilarimiz bor. Biri bo‘lmasa, boshqasini o‘ynatamiz. Vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz" - dedi Xoyamkov.

Kiritildi: 10:47, 21.04.2025.
O'qildi: 1032 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.