"Real Madrid" 2024-yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi.
Madrid klubi o‘tgan yili erishgan yutuqlari uchun Laureus World Sports Academy tomonidan mukofot oldi.
2024-yilda "Real Madrid" Ispaniya chempioni bo‘ldi, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Sovrin uchun “Barselona” ayollar jamoasi, Ispaniya terma jamoasi, “Boston Seltiks” AQSH basketbol jamoasi va “Formula-1” bo‘yicha Maklaren jamoasi ham kurash olib borishdi.













