Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi"ning iste’dodli vingeri KO‘JCHda ishtirok etmaydi

"Chelsi"ning iste’dodli vingeri KO‘JCHda ishtirok etmaydi

Baho:
+2 | -

Vinger Estevao Villianning agenti uning mijozi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Chelsi" sharafini himoya qilmasligini tasdiqladi.

"Chelsi" Estevaoni "Palmeyras"dan 2024 yilning iyun oyida bonuslar bilan birga 55 million funt sterlingga sotib olgan edi. "Ko‘klar" futbolchiga ijara huquqi bo‘yicha Braziliya klubida qolishiga ruxsat berishdi.

Estevao ko‘pincha Neymardan keyingi eng yorqin braziliyalik iste’dod deb ataladi, shuning uchun "Stemford Bridj" vunderkindning kelishini intiqlik bilan kutmoqda.

Estevao shu hafta 18 yoshga to‘ldi, ammo Enso Mareska jamoasiga vinger faqat mavsumoldi mashg‘ulotlarida qo‘shiladi.

"Ha, u klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin keladi. U jahon darajasidagi o‘yinchi. U juda yaxshi. Bu yigit bu yerda tarix yaratadi", - dedi agent Andre Kari.

Kiritildi: 10:14, 22.04.2025.
O'qildi: 1155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик