Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Fors nashri Oston O‘runovni tanqid qildi

Fors nashri Oston O‘runovni tanqid qildi

Baho:
+ | -

Eron chempionatining 2024/25 yilgi mavsumi yakuniga bor-yo‘g‘i 3 tur qolgan bir paytda, chempionlik uchun keskin raqobat davom etmoqda. 27-tur yakuniga ko‘ra, amaldagi chempion "Persepolis" 51 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. 56 ochkosi bo‘lgan "Sepaxon" ikkinchi, bir o‘yini zaxirada bo‘lgan "Traktor" esa chempionat peshqadami hisoblanadi.

O‘tgan turning eng muhim o‘yinlaridan biri bo‘lgan "Persepolis" – "Sepaxon" bahsining 32-daqiqasida mezbonlar safida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov jarohat sabab maydonni tark etdi. Fors ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, futbolchining jarohatdan tiklanishi uchun taxminan 2-3 hafta kerak bo‘ladi.

Varzesh3 nashri esa o‘z sahifasida O‘runovning jarohati bilan bog‘liq vaziyatni va futbolchining umumiy holatini tanqidiy tarzda tahlil qildi:

"Sepaxon"ga qarshi uchrashuvning 25-daqiqasida Oston yana jarohatini his qildi va davom ettira olmasligi sababli o‘yindan chiqarildi. Uning o‘rniga Farshod Ahmadzoda tushdi. "Persepolis"ning tibbiy shtabi O‘runovning tiklanishi uchun kamida 2-3 hafta vaqt kerakligini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘runov o‘ng son pay sohasida yengil zo‘riqish olgan va shu sabab o‘yinni davom ettira olmagan. Lekin bu yerda muammo faqat tibbiy holatda emas, balki Ostonning professional futbolchiga mos bo‘lmagan hayot tarzida hamdir.

Fors nashrining yozishicha, O‘runovning jarohatlar olishiga sabab — uning noprofessional hayot tarzi. U kerakli ovqatlanish, uyqu rejimi va individual mashg‘ulotlarga e’tibor qilmaydi. Bu esa uning jismoniy muammolarini ko‘paytirib, maydonda o‘zini ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Nashr shuningdek, O‘runovga Fransiya terma jamoasi yulduzi Usmon Dembeleni misol qilib ko‘rsatdi. Dembele "Barselona"da tez-tez jarohat olgan, lekin PSJga o‘tgach, o‘zining turmush tarzi va mashg‘ulotlarini professional tarzda o‘zgartirib, ikki mavsumdan beri yuqori darajada o‘yin ko‘rsatmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, Oston agar "Persepolis" tibbiy xodimlarining tavsiyalariga rioya qilsa va o‘zini professional tarzda tutsa, uning jarohati tezroq o‘tib ketadi va kelajakda bu kabi muammolarni bartaraf qilish mumkin. Bundan tashqari, "Persepolis" bosh murabbiyi Ismoil Kartal ham O‘runovning bu holatidan norozi ekanligi aytilmoqda.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 12:09, 22.04.2025.
O'qildi: 3361 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.