Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Kyuri "Barselona"ni pulni noto‘g‘ri ishlatishda aybladi

Kyuri "Barselona"ni pulni noto‘g‘ri ishlatishda aybladi

Baho:
+ | -

Futbol agenti Andre Kyuri Ispaniyaning “Barselona” klubi transferlari haqida gapirdi.

"Dembele, Koutinyo va Grizmann klubga taxminan 450 million yevroga tushdi. Neymar 222 millionga sotildi. Agar bu uchlikning oylik to‘lovlariga e’tibor qaratsangiz, Neymarning maoshini ko‘tarish oqilona ish bo‘lardi", - deya agentning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Kyuri, shuningdek, "Barselona" o‘z futbolchilarini sotishdan munosib daromad olishga harakat qilmayotganidan shikoyat qilib, "Atletiko Madrid"ga ketganidan keyin ham kataloniyaliklardan to‘lov olgan Suaresni misol qilib keltirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, "Barselona" so‘nggi 10 mavsum davomida o‘yinchilarni xarid qilish uchun 1,43 milliard yevro sarflagan.

Kiritildi: 15:54, 22.04.2025.
O'qildi: 984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик