Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

Gvardiola: «Agar navbatdagi to‘rtta o‘yinni yutsak, mavsumdagi eng muhim masalani hal qilamiz»

Gvardiola: «Agar navbatdagi to‘rtta o‘yinni yutsak, mavsumdagi eng muhim masalani hal qilamiz»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer-ligasining 34-turidan o‘rin olgan «Aston Villa»ga qarshi o‘yin (2:1) borasida o‘z fikrini bildirdi. «Shaharliklar» g‘alaba golini ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda urdi.

«Juda ham xursandman. Mavsumdagi so‘nggi to‘rtta uchrashuv qoldi va biz Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashyapmiz. Agar navbatdagi to‘rtta o‘yinni yutsak, mavsumdagi eng muhim masalani hal qilamiz.

«Aston Villa»ga qarshi o‘ynadik. Bu qanday jamoaga qarshi o‘ynaganimizni anglash uchun o‘ta aqlli bo‘lish shart emas. Ular «Nyukasl» va «PSJ»ga qarshi o‘yinlarda qanday kuchli ekanini ko‘rsatishgan. Bu g‘ayrioddiy jamoa. Ammo biz ham oldingi vaqtlardagiday fidoyilik bilan o‘ynadik», — dedi Pep.

Hozirgi vaqtda «Manchester Siti» APL jadvalida 61 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. «Aston Villa» esa 57 ochko to‘plagan holda 7-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:55, 23.04.2025.
O'qildi: 2063 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.