Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

"Milan" Konseysau boshqaruvida ikkinchi bor finalga chiqdi

"Milan" Konseysau boshqaruvida ikkinchi bor finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Serjiu Konseysau "Milan" bilan mavsumdagi ikkinchi sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin.

Portugaliyalik murabbiy boshchiligidagi jamoa Italiya kubogi yarim finali javob o‘yinida "Inter"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi (birinchi o‘yin - 1:1) va turnir finaliga yo‘l oldi.

Hal qiluvchi bahsda "Milan" "Bolonya" - "Empoli" juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi (birinchi o‘yin - 3:0).

Konseysau uchun bu "Milan" boshqaruvidagi ikkinchi final bo‘ladi. Yanvar oyida "rossonerilar" "Inter"ni mag‘lub etib (3:2) Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgandi.

"Milan" 2007/08 yilgi mavsumdan beri ilk marta ikkita finalda o‘ynaydi. O‘shanda Karlo Anchelotti boshchiligida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida "Boka Xuniors"ga qarshi va UYEFA Superkubogida "Sevilya"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 03:23, 24.04.2025.
O'qildi: 631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик