Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Unai Emeri "Aston Villa"da "Manchester Siti"ga keraksiz yulduzni ko‘rmoqchi

Unai Emeri "Aston Villa"da "Manchester Siti"ga keraksiz yulduzni ko‘rmoqchi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Angliya Premyer-ligasining boshqa bir klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Shaharliklar" belgiyalik futbolchining muddati tugayotgan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan, shu bois u yozdayoq erkin agentga aylanadi. Taxminlarga ko‘ra, yulduz yarim himoyachi katta ehtimol bilan Yevropani tark etadi - unga MLS va Saudiya Arabistonida talab bor, ammo futbolchida Angliyada variant paydo bo‘lishi mumkin. Jurnalist Melissa Reddi xabariga ko‘ra, de Bryuyneni taklif qilish imkoniyatini "Aston Villa" ko‘rib chiqmoqda. Klubda ehtimoliy bitim bo‘yicha ichki muhokamalar olib borilmoqda.

Iyun oyida Kevin de Bryuyne 34 yoshga to‘ladi. U o‘n yil davomida "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 13:51, 24.04.2025.
O'qildi: 918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик