Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 0-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

"Lids" yulduzi klubni tark etishi mumkin

"Lids" yulduzi klubni tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

"Lids"ning APLga qaytishiga katta hissa qo‘shgan dominikanlik Junior Firpo keyingi faoliyati haqidagi savolga javob bera olmadi.

"Betis" tarbiyalanuvchisi bo‘lgan futbolchi "Barselona"da 2 yil o‘ynagach, "Lids"ga kelib qolgan. Uning amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi. Marca nashrining jamoadan ketish haqidagi savoliga Firpo quyidagicha javob berdi:

"Bilmadim, bu savolga javob bera olmayman. Men ko‘tarilishga e’tibor qarataman va chalg‘ishni xohlamayman. Balki menda takliflar bo‘lar, bu mavsumdagi o‘yinim uchun yaxshi e’tirof bo‘lardi."

Firpo klubda qolishi mumkinligini istisno qilmadi.

"Bu yerda o‘zimni yaxshi his qilyapman, APLda kim o‘ynashni istamaydi? Bu turnirdagi ikki yilim unchalik yaxshi bo‘lmadi. Ko‘p jarohatlar oldim, yana koronavirus. Marselo Byelsa boshchiligida va hozirgi holatimda tarix butunlay boshqacha bo‘lardi."

Qayd etilishicha, futbolchining xizmatlariga "Betis" qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsumda chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynayotgan Firpo barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta ogohlantirish oldi, 4 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:03, 26.04.2025.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.