Ispaniya kubogi final uchrashuvida Kataloniyaning “Barselona” klubi qo‘shimcha bo‘limlarda “Real”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Hal qiluvchi gol fransiyalik himoyachi Jyul Kunde tomonidan kiritildi. Rossiya terma jamoasi va Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi sobiq futbolchisi Vladislav Radimov “ko‘k-anorranglilar”ning muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.
"Barselona"da 17-20 yoshli 5-6 nafar futbolchilar bor. Ular Mbappe, Vinisius va boshqa yulduzlar bilan yiliga uch marta o‘ynab, "Real"ni mag‘lub etishga tayyor", - dedi Radimov.













