Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Siti"ning ikki top futbolchisi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi

"Manchester Siti"ning ikki top futbolchisi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi

Baho:
+1 | -

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland va jamoa yarim himoyachisi Rodri Ernandes jarohatidan so‘ng mashg‘ulotlarga kirishdi. Tarmoqda futbolchilarning maydonda jamoa bilan tushgan suratlari e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik xavbek tizzasining xochsimon paylari shikastlangani sababli uzoq vaqt maydonga tusha olmagan edi. Skandinaviyalik markaziy hujumchi, o‘z navbatida, to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli so‘nggi bir oy davomida lazaretda bo‘lgan.

Xosep Gvardiola shogirdlari Angliya kubogi yarim finalida "Nottingem Forest"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv bugun 27 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:02, 27.04.2025.
O'qildi: 713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик