Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Aleksandr Xomyakov: "Jamoaga hech qanday e’tirozim yo‘q"

Aleksandr Xomyakov: "Jamoaga hech qanday e’tirozim yo‘q"

Baho:
+ | -

"So‘g‘diyona" – "Andijon" (1:0) o‘yindan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

- Bugun yomon o‘yin ko‘rsatmadik, deb o‘ylayman. Vaholanki, uchrashuv uchun qo‘yilgan rejalarni deyarli bajardik. Lekin natija ko‘ngildagidek chiqmadi. To‘pni ham o‘zimizda nazorat qildik va maydonda yomon ko‘rinmadik. Shunchaki, bir vaziyatda himoyada biroz e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yganimiz evaziga darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Yutqazdik, albatta, bu alam qiladi. Jamoaga hech qanday e’tirozim yo‘q. Ketma-ket uchta uchrashuvni o‘tkazdik. Bu katta bosim. Futbolchilarni ham to‘g‘ri tushunish kerak. Ayniqsa, oxirgi ikkita uchrashuv juda og‘ir kechdi. O‘yinchilarga ham oson emas. Qisqa fursat oralig‘ida tiklanishlari va navbatdagi o‘yinni o‘tkazishi uchun maydonga tushishlari kerak. Nima ham qilardik? Bo‘shashmasdan yo‘limizda davom etamiz va oldinga intilishga harakat qilamiz.

- Bugun Uskokovich o‘ynamadi. Holbuki, u ketma-ket gollar urayotgandi. Bu rotasiya tufaylimi?

- Ketma-ket uchta o‘yin – bu katta "nagruzka". Oldimizda yana ikkita og‘ir uchrashuv turibdi. Shu bois Uskokovichga o‘zini tiklab olish imkonini berishga qaror qildik. Shuni aytishim kerakki, bizda o‘yinchilar yetarli va bu ularni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirish imkonini beradi. Garchi, hisobda ortda qolgan bo‘lsak-da, bugun o‘yinning ko‘p jabhalarida raqibdan yaxshiroq ko‘rindik. Ammo kiritilgan gol bizni biroz qiyin holatga solib qo‘ydi. Holbuki, namoyish etgan o‘yinimiz bilan mag‘lubiyatga munosib emasdik. 

- "Paxtakor" ustidan erishilgan g‘alabadan keyin jamoangizning natijalari keskin qoniqarsiz tus oldi. Buning sababi nimada?

- Bu holat o‘zimni ham xursand qilayotgani yo‘q. Hatto, uyimizda "Dinamo"ga osonlikcha ochkolarni tortiq qilib yubordik. Bugun esa jizzaxliklar uch ochko uchun qattiq kurashishdi va maqsadiga yetishishdi ham. Afsuski, oxirgi paytlarda biz osonlik bilan ochko ulashmoqdamiz. Gapingizda jon bor, jamoa o‘yinida pasayish yuzaga keldi. O‘z navbatida bu hol meni ham xavotirga solyapti. Lekin bugungi o‘yinimiz yomon chiqmadi, nazarimda. Baxtga qarshi hujumlarni yakunlashga kelganda oqsayapmiz. Agar bugun yuzaga kelgan imkoniyatlarning yarmidan foydalanganimizda ham hisob butunlay boshqacha bo‘lardi. Afsuski, bu futbol. Futbolda esa o‘zing xohlamagan natijalar ham bo‘lib turar ekan. To‘g‘ri aytdingiz, yaxshi natijaga erishgandik, ammo shundan keyin jamoani ishlari yurishmayapti. Imkoniyatlarimizdan foydalanganimizda boshqacha bo‘lardi.

Kiritildi: 13:12, 27.04.2025.
O'qildi: 424 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.