Rasmus Xoylund “Manchester Yunayted”dagi olti o‘yindan iborat golsiz seriyasiga chek qo‘ydi.
96-daqiqada “Manchester Yunayted” hujumchisi “Bornmut”ga (1:1) qarshi APL doirasidagi o‘yinda hisobni tenglashtirdi. Bungacha Xoylund "Manchester Yunayted" safida barcha musobaqalarda oltita o‘yinda gol ura olmagandi.
Rasmus joriy mavsumda Premer-ligada 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.













