Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shouning "Atletik" o‘yinida ishtirok etishi shubha ostida

Shouning "Atletik" o‘yinida ishtirok etishi shubha ostida

Baho:
+ | -

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim himoyachi Lyuk Shouning "Atletik Bilbao"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. 1-may kuni Yevropa Ligasining birinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Jarohatlari tufayli maydonga tusha olmagan Shou uzoq vaqtdan beri ilk bor kecha jamoasining Premyer-liga doirasidagi "Bornmut"ga qarshi o‘yinida (1:1) maydonga tushdi.

"U maydonning so‘nggi uchdan bir qismida qanday o‘ynashni biladi, u ajoyib uzatmaga ega. Shuning uchun bizga Lyuk Shou kerak. Balki u tarkibda "Atletik"ga qarshi o‘yinda bo‘lar, lekin asosiy tarkibda emas. U bilan ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak", - dedi Amorim klub matbuot xizmatiga.

Umuman olganda, Shou joriy mavsumda barcha turnirlarda 6 ta o‘yin o‘tkazdi.

Kiritildi: 16:00, 28.04.2025.
O'qildi: 858 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик