"Manchester Yunayted" futbolchisi Amad Diallo futboldagi eng qiyin va eng oson pozisiyalarni aytdi.
"Eng qiyini chap yoki o‘ng qanot himoyachisi bo‘lish - siz ko‘p yugurishingiz va doimiy ravishda raqibingizni kuzatib borishingiz kerak.
Eng oddiy pozisiya bu darvozabonniki. "Darvozabon ko‘p ish qilishi shart emas - u shunchaki to‘pni qaytaradi, yugurmaydi, hech narsa qilmaydi", - deya ivuarlik futbolchining so‘zlarini keltiradi United Zone.













