Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Futzal. O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi Osiyo kubogiga yo‘l oldi

Futzal. O‘zbekiston ayollar milliy jamoasi Osiyo kubogiga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Bugun tunda futzal bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoamiz Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga uchib ketdi. Uchinchi bor tashkil etilayotgan qit’a chempionatida 12 ta jamoa g‘oliblik uchun parketga chiqadi. Farrux Zokirov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi qizlari A guruhida mezbonlar – Xitoy, shuningdek, Xitoy Taypeyi hamda Avstraliya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

6 may kuni Hohhot shahrida start oladigan Osiyo kubogi musobaqasi 17 may sanasiga qadar davom etadi. Bundan oldingi qit’a kubogi bahslari 2015 yili Malayziya, 2018 yili Tailand mamlakatlarida tashkil etilgandi.

Avvalgi Osiyo kubogi finallarida Eron Islom Respublikasi hamda Yaponiya ayollar terma jamoalari kuch sinashishgan va har ikkala finalda fors futzalchilarining qo‘li baland kelgan. Ikkala chempionatda ham bronza medalini Tailand terma jamoasi begona qilmagan. 2015 yili tailandliklar 3-o‘rin uchun kurashda musobaqa mezbonlari - Malayziya terma jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, oradan uchi yil o‘tib tayliklar endi o‘z uylarida Vetnam terma jamoasini o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida dog‘da qoldirgan.

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogining doimiy ishtirokchilaridan biri sanaladi. qizlarimiz 2015 yilgi qit’a birinchiligida gonkong bilan durang o‘ynab, Malayziya hamda Eronga imkoniyatni boy berib qo‘ygan va guruhda so‘nggi o‘rinni egallagan. 2018 yilgi qit’a chempionatida esa qizlarimiz D guruhida Turkmaniston ustidan g‘alaba qozonib, Eronga yutqazgan bo‘lsada, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Chorak finalda qizlarimiz kunchiqar yurt vakillari – Yaponiya ter ajamoasiga yutqazib qo‘ygach, musobaqada ishtirokini to‘xtatgan.

Bu gal O‘zbekiston terma jamoasi qit’a chempionatiga uchinchi marta yo‘l olayapti. Farrux Zokirov boshchiligidagi murabbiylar shtabi Osiyo kubogiga optimal tarkibni olib ketayapti deb bo‘lmaydi. Mamlakatimizning bir qator iqtidorli qizlari katta futbol musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasiga chaqiruv olganligi bois, futzal chempionatiga qo‘yib yuborilmadi. Shunday bo‘lsada, biz O‘zbekiston ayollar terma jamoasidan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirokni kutib qolamiz.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 09:12, 01.05.2025.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.