Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

FIDE reytingi: Nodirbek Abdusattorov o‘z o‘rnida, Javohir Sindorov yana pastladi

FIDE reytingi: Nodirbek Abdusattorov o‘z o‘rnida, Javohir Sindorov yana pastladi

Baho:
+ | -

Jahon shaxmat federasiyasi aprel oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

Yangilangan reytingda O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov 6-pog‘onada qoldi, ammo uning ochkolari 1,9 ballga kamaydi (6-o‘rin. 2771.1 ochko).

Javohir Sindorov aprel oyida reyting uchun 0,1 ochko qo‘lga kiritishni uddalagan, lekin  o‘zbekistonlik grossmeyster bir pog‘ona pastlab, 30-o‘rindan 31-o‘ringa tushdi. Hozirda Javohir hisobida 2706,1 ball bor.  Ta’kidlash kerakki, Sindorov o‘tgan oyda ham bir pog‘ona pastlagan edi.

Tajribali shaxmatchi Rustam Qosimjonov (2675) ham mazkur reytingning kuchlilar qatoridan joy olgan. U aprel oyida 2 pog‘ona pastlab, 48-o‘rinni egallagan.

Mart oyida O‘zbekistonning eng kuchli 4-shaxmatchisiga aylangan Nodirbek Yakubboyev (2665) aprel oyida ham o‘z mavqeini saqlab qoldi. Shuningdek, u reytingda ham 1 pog‘ona ko‘tarilishga erishdi. Yakubboyev ayni paytda FIDE reytingida 60-pog‘onani egallab turibdi.

Shamsiddin Vohidov aprel oyi reytingida ham pastladi. Bilasiz, o‘zbekistonlik grossmeyster o‘tgan oy 30 pog‘ona pastlab, 80-o‘ringa tushib ketgan edi. Vohidov yangilangan reytingda 86-o‘ringa tushdi. Uning hisobidagi ochkolar soni 2641 ni tashkil qiladi.

Yoshlar o‘rtasidagi reytingda Javohir Sindorov kuchli uchlikda qoldi — 2706,1.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:19, 01.05.2025.
O'qildi: 4623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.