Xoakin Sanches Antonining o‘yinidan hayratda.
Vinger "Betis" tomonidan "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan. Bugun braziliyalik futbolchi Konferensiyalar ligasi doirasida "Fiorentina"ga (2:1) gol urdi.
"Agar uni olib qolish uchun o‘g‘irlash kerak bo‘lsa, mashinamni beraman. Uni har qanday yo‘l bilan saqlab qolishimiz shart," - dedi "Betis"ning sobiq yarim himoyachisi o‘yin oldidan Movistar efirida.













