Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Mark Kasado bugundan jamoa mashg‘ulotlariga qaytdi.
Klub rasmiy sahifasining xabariga ko‘ra, 21 yoshli tayanch yarim himoyachisi fevral oyida "Atletiko" bilan o‘yinda olgan jarohatidan forig‘ bo‘lgan.
U yaqin kunlarda o‘yinlarda qatnashish uchun doktorlardan ruxsat olishi kutilmoqda.
21 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda 36 ta o‘yinda 1 ta gol urib, 6 ta assist berdi.













