Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" Bekxemni tabrikladi

"Manchester Yunayted" Bekxemni tabrikladi

Baho:
+ | -

2-may, juma kuni Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Devid 50 yoshga to‘ldi. “Qizil iblislar” matbuot xizmati afsonani yubiley bilan tabrikladi.

"Beks, 50 yoshing muborak", - deyiladi "Manchester Yunayted"ning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Devid 1993 yildan 2003 yilgacha mankunianliklar sharafini himoya qilgan. Umuman olganda, yarim himoyachi "Manchester Yunayted" safida 394 ta o‘yin o‘tkazib, 85 ta gol urgan va 121 ta golga assistentlik qilgan.

Kiritildi: 16:23, 02.05.2025.
O'qildi: 1373 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик