Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

“Roma” ustozi Shomurodov haqida: “Eldor — jamoaning asosiy futbolchisi”

“Roma” ustozi Shomurodov haqida: “Eldor — jamoaning asosiy futbolchisi”

Baho:
+2 | -

“Roma” bosh murabbiyi Klaudio Raneri A Seriya doirasidagi “Fiorentina”ga qarshi o‘yindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etib, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov haqida gapirdi. Bu haqda Roma Press nashri xabar bermoqda.

Mutaxassis Shomurodov haqida to‘xtalar ekan, u haqida iliq fikrlarni bildirdi:

"Shomurodov ertangi o‘yinda Dovbik bilan birga maydonga tushishi mumkin. Eldor — jamoaning asosiy futbolchisi. U o‘zini o‘yinga 100 foizga bag‘ishlaydi. Ko‘p marta bosim ostida ishladi, lekin umuman ortga chekingani yo‘q. Uni aynan shuning uchun yaxshi ko‘raman. Eldor —  tilla yigit", — deydi Raneri o‘yindan oldingi matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Shomurodov joriy mavsum rimliklar libosida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 gol va 4 golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Avvalroq hujumchi “Roma”ning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Roma”—“Fiorentina” uchrashuvi 4 may kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:34, 02.05.2025.
O'qildi: 2301 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик