Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Gvardiola "Siti" himoyasini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchini tanladi

Gvardiola "Siti" himoyasini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchini tanladi

Baho:
+ | -

Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Andrea Kambyaso Italiya chempionatini Angliya Premyer-ligasiga o‘zgartirishi mumkin, deb xabar beradi Football Insider.

25 yoshli chap qanot himoyachisi xizmatiga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiolaning fikricha, italiyalik futbolchi uning o‘yin uslubiga juda mos tushadi. Kambyasoning transferi uchun ingliz klubi 60 million yevro to‘lashga tayyor.

Himoyachi Italiya A Seriyasining joriy mavsumida "keksa sinyora" safida 30 ta o‘yin o‘tkazdi. Andrea ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Kambyaso va "Yuventus" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:14, 03.05.2025.
O'qildi: 4605 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик