Dani Rodriges Krespo "Barselona" safidagi debyut o‘yinida jarohat oldi.
Kataloniyaliklarning 19 yoshli vingeri La Liganing 34-turidan o‘rin olgan "Valyadolid"ga (0:1, ikkinchi bo‘lim) qarshi o‘yinni kataloniyaliklar asosiy tarkibida boshladi.
34-daqiqada Rodriges raqib himoyachisi Adam Aznu bilan kurashdan so‘ng yelkasini changalladi. Tibbiyot xodimlari futbolchining qo‘lini bog‘ladi, u maydonni tark etdi. Dani o‘rniga Lamin Yamal maydonga tushdi.













