Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ter Shtegen: "Qaytishimni sabrsizlik bilan kutdim"

Ter Shtegen: "Qaytishimni sabrsizlik bilan kutdim"

Baho:
+ | -

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan "Valyadolid"ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng jarohatidan so‘ng maydonga qaytgani haqida fikr bildirdi.

"Qaytishimni sabrsizlik bilan kutdim. Bu juda muhim edi va men vazifani muvaffaqiyatli uddalaganimizdan xursandman. G‘alaba - bu eng muhimi. Oldinda bizni yana ko‘plab muhim o‘yinlar kutib turibdi. "Valyadolid"ning ligada jon saqlab qolish imkoniyati qolmagan bo‘lsa-da, bu baribir jiddiy raqib," - deya ter Shtegenning so‘zlarini keltiradi beIN Sports.

33 yoshli germaniyalik futbolchi 2024 yil sentyabr oyidan beri ilk o‘yinini o‘tkazdi. Darvozabon tizzasidan olgan jarohati tufayli o‘ynamadi.

Kiritildi: 08:38, 04.05.2025.
O'qildi: 527 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик