Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Flik "Barsa"ning 19 yoshli debyutanti o‘yiniga baho berdi

Flik "Barsa"ning 19 yoshli debyutanti o‘yiniga baho berdi

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik shanba kuni La Liga doirasida "Valyadolid"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Dani Rodriges haqida gapirdi.

19 yoshli vinger "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkibiga kiritildi - bu uning asosiy jamoadagi debyuti. O‘yinning 38-daqiqasidayoq yangi futbolchi yelkasidagi jarohat tufayli maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

"Daniga juda achinaman, hozir unga qiyin. U avvalgi jarohatidan tuzalganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Menimcha, u o‘ynashdan juda xursand bo‘ldi. O‘yin davomida u mashg‘ulotlarda ko‘rsatganini namoyish etdi va men uning ijrosida aynan shuni ko‘rishni istayman. To‘pni qabul qilib olarkan, raqibni yakkama-yakka vaziyatda aldashga, golli vaziyat yaratishga harakat qiladi. Bugun u yaxshi edi," - deya Flikning so‘zlarini keltiradi ispan OAV.

Kiritildi: 08:44, 04.05.2025.
O'qildi: 1844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик