Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" murabbiyi Lautaroning "Barselona"ga qarshi o‘yinda ishtiroki borasidagi savolga javob berdi

"Inter" murabbiyi Lautaroning "Barselona"ga qarshi o‘yinda ishtiroki borasidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubida Simone Indzagining yordamchisi bo‘lib ishlayotgan Massimiliano Farris hujumchi Lautaro Martinesning holati haqida gapirdi.

Argentinalik futbolchi shanba kuni bo‘lib o‘tgan A Seriya doirasidagi "Verona"ga qarshi o‘yinda "Barselona"ga qarshi Chempionlar Ligasi yarim final dastlabki bahsida olgan jarohati tufayli maydonga tushmadi.

"Neradzurrilar"ning chempionatdagi g‘alabali o‘yini (1:0) yakunlangach, jurnalistlar Farrisdan kataloniyaliklar bilan javob o‘yinida sardorning maydonga tushishi qanchalik haqiqatga yaqinligini so‘rashdi.

"Men Lautaro "Barselona" bilan o‘ynashdan ko‘ra, o‘ynamasligini aytgan bo‘lardim," - dedi Indzagining yordamchisi matbuot anjumanida.

Kiritildi: 08:55, 04.05.2025.
O'qildi: 1304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик