Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Karrager: "Nyukasl" keyingi mavsum APL g‘olibligi uchun kurashadi"

Karrager: "Nyukasl" keyingi mavsum APL g‘olibligi uchun kurashadi"

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karragerning fikricha, "Nyukasl" kelasi mavsumda Premyer-liga chempionligi uchun kurashda "chaqilmas yong‘oq" bo‘lishi mumkin.

Karrager kelasi mavsumda "Liverpul"ning asosiy raqiblari "Manchester Siti" va "Arsenal" bo‘lishini kutmoqda.

"Menimcha, "Manchester Siti" va "Arsenal" "Liverpul" bilan raqobatlashadi. "Manchester Siti" transfer bozoriga qaytadi va "Arsenal" ham xuddi shunday qiladi.

Qolgan jamoalarga kelsak, "Nyukasl" syurpriz qilishi mumkin. Agar ular o‘zlarining eng yaxshi o‘yinchilarini saqlab, bir yoki ikkitasini qo‘shib olsalar, ular top jamoa bo‘ladi.

"Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Liga kubogi finalida ular har kimni mag‘lub eta olishini ko‘rdik. Ular o‘z uylarida ajoyib qo‘llab-quvvatlashga ega va ba’zi pozisiyalarda, ayniqsa hujum markazida va markaziy yarim himoyada - ular Premyer-ligadagi hamma kabi yaxshi", - dedi Karrager Daily Mirror bilan suhbatda.

Kiritildi: 16:44, 04.05.2025.
O'qildi: 890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик