Kirish Ro'yxatdan o'tish

Levandovski "Barselona" umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi

Levandovski "Barselona" umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi

Baho:
+ | -

"Barselona" forvardi Robert Levandovski Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi javob o‘yinida maydonga tushishi mumkin, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

36 yoshli polshalik hujumchi jarohatidan forig‘ bo‘lib, allaqachon umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgan.

Qayd etilishicha, Levandovski katta ehtimol bilan "nerradzurrilar"ga qarshi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi va kerak bo‘lsa maydonga tushishi mumkin.

Hujumchi sifatida Ferran Torres asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, kataloniyaliklarning chap qanot himoyachisi Aleks Balde "Inter" bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Ispaniyalik 21 yoshli futbolchida jarohatning qaytalanish xavfi yuqori.

Kiritildi: 18:17, 04.05.2025.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик