Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Rustam Lutfullin va Ahrol Risqullayev noto‘g‘ri penalti belgilagani uchun noma’lum muddatga futboldan chetlatildi

Rustam Lutfullin va Ahrol Risqullayev noto‘g‘ri penalti belgilagani uchun noma’lum muddatga futboldan chetlatildi

Baho:
+ | -1

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan OKMK — «Andijon» uchrashuvining 60-daqiqasida OKMK futbolchisi to‘psiz vaziyatda raqib jamoa vakilining yuziga tirsak bilan zarba berdi. Bosh hakam Rustam Lutfullin ushbu holatda VAR hakami bilan maslahatlashgan holda to‘g‘ri qaror chiqardi va tegishli chorani ko‘rdi.

Biroq, bellashuvning 85-daqiqasida bahsli penalti holati yuzaga keldi. Futbolchilar o‘rtasida to‘p uchun kurash davomida bosh hakam penalti belgiladi. Ammo vaziyatni tahlil qilgan ekspert hakamlar qaroriga ko‘ra, ushbu holatda 11 metrlik jarima zarbasi tayinlanmasligi kerak edi.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rustam Lutfullin xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun nomuayyan muddatga chetlatildi.

Shuningdek, «Qizilqum» — «Navbahor» o‘yinining 90+5-daqiqasida bosh hakam Ahrol Risqullayev «Navbahor» futbolchisining qo‘liga tekkan to‘p sababli penalti belgiladi. VAR orqali vaziyat tekshirilgach, qaror o‘zgarishsiz qolgan va 90+12-daqiqada ushbu penalti amalga oshirilgan. Ammo ekspertlar ushbu holatda futbolchining qo‘li tanasiga yopishib turgani bois penalti tayinlanmasligi kerak deb topdi.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ahrol Risqullayev ham o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatosi tufayli nomuayyan muddatga chetlatildi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 16:10, 05.05.2025.
O'qildi: 3789 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.