Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Trent Aleksandr-Arnold martdayoq Slotga ketish qarorini aytgan

Trent Aleksandr-Arnold martdayoq Slotga ketish qarorini aytgan

Baho:
+ | -

Trent Aleksandr-Arnold Arne Slotga mart oyida "Liverpul"ni tark etishini ma’lum qilgandi.

Bugun himoyachi mavsum yakunida klubni tark etishini rasman e’lon qildi. Trent "Real"ga o‘tishni og‘zaki kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

The Athletic xabariga ko‘ra, Trent mart oyida terma jamoalar bilan bog‘liq tanaffus paytida, himoyachi jarohatidan tiklanayotganda, bosh murabbiyga o‘z qarorini aytgan. Taxminan o‘sha vaqtda ingliz vakili "Liverpul" sport direktori Richard Xyuzni yozda tugaydigan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani haqida rasman xabardor qilgan.

Slot hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi, lekin Trentning qaroriga hurmat bilan munosabatda bo‘ldi: "Sen jamoaning muhim qismisan, kel, mavsumni birgalikda yuqori darajada yakunlaylik." Trent, o‘z navbatida, murabbiyni "Liverpul"dan ketishi uning joriy mavsumdagi kayfiyatiga ta’sir qilmasligiga ishontirdi: "Men so‘nggi kungacha bu klubga bor kuchimni berishda davom etaman."

Qayd etilishicha, klub Trentning qaroridan hayron bo‘lmagan, chunki o‘sha oyda shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar yakunlangan.

Himoyachi jamoani chalg‘itmaslik uchun APL chempionligini qo‘lga kiritganidan keyingina "Liverpul"dan ketishini ommaga e’lon qilishga qaror qildi.

Kiritildi: 18:04, 05.05.2025.
O'qildi: 1019 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик