"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi o‘yindan oldin Lamin Yamal haqida gapirdi.
— Indzagi Lamin bir nechta o‘yinchilar tomonidan qo‘riqlanishi haqida aytdi.
— Biz buni normal holat deb bilamiz, uning qanchalik muhim ekanligini bilamiz, hayron emasman. Men uni Yevro va bu mavsumda o‘ynaganini ko‘rdim. U yaxshi, xotirjam va nima uchun eng zo‘r ekanligini ko‘rsatmoqda. Lamin bir, ikki yoki uchta futbolchiga qarshi qanday o‘ynashni bilishini ko‘rsatdi. Biz unga yordam beramiz", - dedi Olmo o‘yindan avval.













