Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Arsenal" 60 million yevrolik transferni rasmiylashtirishga tayyor

"Arsenal" 60 million yevrolik transferni rasmiylashtirishga tayyor

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi Lissabonning "Sporting" klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh uchun rasmiy transfer taklifini tayyorlamoqda.

26 yoshli futbolchi anchadan buyon "kanonirlar"ning yaqin transferlar davridagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. El Nacional nashri ma’lumotiga ko‘ra, tez orada London grandi yulduz shvesiyalik uchun 60 mln yevro atrofida mablag‘ taklif qiladi. Bu ham yetarli bo‘lmasa kerak: "Sporting" hujumchiga bo‘lgan yuqori talabni bilgani uchun 100 mln yevroga yaqin mablag‘ so‘ramoqda, deydi manba.

Avvalroq, "sherlar" Dyokeresh uchun taxminan 70 mln yevro talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchining hisobida joriy mavsumda lissabonliklar safida 49 ta o‘yinda 52 ta gol va 12 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 08:24, 06.05.2025.
O'qildi: 914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик