“Barselona” va “Inter” o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi yarim finali musobaqa tarixidagi eng ko‘p gol urilgan yarim finalga aylandi. O‘yinda "nerradzurilar" 4:3 hisobida g‘alaba qozondi (birinchi o‘yin — 3:3).
Ikkala jamoa ikki uchrashuv davomida jami 13 ta gol urdi. Bu ko‘rsatkich Chempionlar Ligasi yarim finallari uchun rekord sanaladi.
Bungacha bunday natija faqat bir marta kuzatilgan — 2017/18 mavsumda “Liverpul” va “Roma” o‘rtasidagi bahsda jami 13 ta gol kiritilgan edi (7:6, “Liverpul” foydasiga).













