Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

“Barselona” Chempionlar Ligasida gol o‘tkazish bo‘yicha antirekord o‘rnatdi

“Barselona” Chempionlar Ligasida gol o‘tkazish bo‘yicha antirekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Xansi Flik boshchiligidagi “Barselona” jamoasi joriy mavsumda Chempionlar Ligasida 24 ta gol o‘tkazib, o‘z klub tarixidagi antiqa rekordni yangiladi. Kataloniyaliklar yarim final javob uchrashuvida “Inter”ga 3:4 hisobida yutqazdi (birinchi o‘yin — 3:3).

Bundan avvalgi rekord 1999/2000 mavsumda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda jamoa 23 ta gol o‘tkazgan edi. 2001/02 mavsumda esa “blaugrana” 20 ta golni qabul qilib olgan.

Qayd etish joizki, joriy mavsumdan Chempionlar Ligasi yangi formatda o‘tkazila boshladi: umumiy bosqichda jamoalar 8 ta o‘yin o‘tkazadi, avvalgi formatda esa guruh bosqichida 6 ta o‘yin bo‘lardi.

Kiritildi: 03:25, 07.05.2025.
O'qildi: 972 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик