Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Shaxmatchilarimiz Osiyo chempionatida qatnashmoqda

Shaxmatchilarimiz Osiyo chempionatida qatnashmoqda

Baho:
+ | -

Bugun, 7 may kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida 2025 yilning eng muhim musobaqalaridan biri bo‘lgan Osiyo chempionati bahslari boshlanadi.

Qit’aning 34 ta mamlakatidan 260 nafardan ziyod eng mahoratli shaxmatchilar ishtirok etadigan mazkur chempionatda yurtimiz sharafini erkaklar bahsida 12 nafar, ayollar musobaqasida 15 nafar terma jamoamiz a’zolari himoya qiladi.

Erkaklar musobaqalarida Nodirbek Yoqubboyev Shamsiddin Vohidov, Muhiddin Madaminov, Muhammadzohid Suyarov, Humoyun Bekmuratov yetakchilar qatorida e’tirof etilgan bo‘lsa, ayollar bahslarida Afro‘za Hamdamova, Guldona Karimova, Umida Omonovalar bilan bir safda bu yildan e’tiboran Gulruhbegim Tohirjonova Osiyo chempionligi uchun kurashga kirishadi.

2025 yilning 5-29 iyul kunlari Gruziyaning Botumi shahrida ayollar o‘rtasida hamda 31 oktyabr-27 noyabr kunlari Hindistonda erkaklar o‘rtasida o‘tadigan jahon kubogiga saralash vazifasini o‘taydigan qit’a birinchiligi 9 ta turdan iborat bo‘lib, musobaqalar 16 mayga qadar davom etadi.

Al-Ayn shahrida kechadigan shaxmat janglarida eng yaxshi natija qayd etgan 10 nafar erkak va 2 nafar ayol shaxmatchi jahon kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Kiritildi: 16:00, 07.05.2025.
O'qildi: 549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.