Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

Ayollar futzali bo‘yicha OCH. O‘zbekicton 2-turda Avstraliyani mag‘lub etdi

Ayollar futzali bo‘yicha OCH. O‘zbekicton 2-turda Avstraliyani mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Xitoyning Hohhot shahrida ayollar futzali bo‘yicha Osiyo kubogida guruh bosqichining 2-turiga start berildi. Tur doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga chiqdi.

O‘yindagi hisobni "yashil qit’a" vakillari 11-daqiqada ochishdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Gulzoda Amirova muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalari jamoamiz uchun omadli chiqdi. Farrux Zokirov shogirdlari bahsning 24 va 28-daqiqalarida Ominaxon Valixonova va Shodiya Tosheva tomonidan urilgan gollar evaziga oradagi farqni ikkitaga oshirib olishdi.

Avstraliyaliklarning ikkinchi taymning ikkinchi yarmini o‘ynovchi darvozabon taktikasida harakat qilishdi. Darvozabonimiz Angelina Polishkevich raqibning bir qator zarbalarini qaytardi. O‘z navbatida o‘zbekistonliklar raqibning bo‘sh qolgan darvozasini ishg‘ol qilish uchun kamida 5 marta imkoniyatga ega bo‘lishdi. Ammo futzalchilarimizning zarbalariga aniqlik yetishmadi. Bir vaziyatda to‘p raqib darvozasi ustuniga tegib qaytdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston 2-turda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi hamda jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ma’lumot o‘rnida. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar hamda uchinchi o‘rinni band etgan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan yana ikki terma jamoa chorak finalga yo‘l oladi. Shu ma’noda kurash oxirgi turga qadar davom etadi.

OSIYO KUBOGI
"A" guruhi, 2-tur
AVSTRALIYA - O‘ZBEKISTON – 1:3
Gollar: Daisi Arrovsmith 11ʼ — Gulzoda Amirova 14ʼ; Ominaxon Valixonova 24ʼ Shodiya Tosheva 28

O‘zbekiston 3-turni 10-may kuni Xitoyga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 17:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:04, 08.05.2025.
O'qildi: 9345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.