Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Konferensiyalar ligasida finalga chiqqan jamoalar aniq bo‘ldi

Konferensiyalar ligasida finalga chiqqan jamoalar aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yevropa konferensiyalar ligasida yarim finalning javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi va finalga chiqqan jamoalar aniq bo‘ldi.

Angliyaning «Chelsi» va Shvesiyaning «Yurgorden» jamoalari o‘rtasidagi bahs londonliklarning 1:0 hisobida g‘alabasi bilan yakunlandi. 38-daqiqada «Chelsi» yarimhimoyachisi Kirman Dyusberi-Xoll raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Shu tariqa, londonliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra ishonchli g‘alabaga erishishdi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yin «Chelsi»ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Ispaniyaning «Betis» va «Fiorentina» jamoasi o‘rtasidagi javob o‘yinida qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. Bahsning ning asosiy vaqti «Fiorentina»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va ikki o‘yin natijasi bo‘yicha hisob 3:3 bo‘ldi. Qo‘shimcha vaqtda «Betis» hal qiluvchi golni urdi.

Shu tariqa, 28 may kuni Polshadagi Vroslav shahrida bo‘lib o‘tadigan finalda «Betis» va «Chelsi» jamoalari to‘qnash keladi.

Konferensiyalar Ligasi. Yarim final. Javob uchrashuvi
2025 yil 8 may, payshanba.
Chelsi (London, Angliya) – Yurgorden (Stokgolm, Shvesiya) — 1:0
Gol: 1:0 — Dyusberi-Xoll (38')

Fiorentina (Florensiya, Italiya) – Betis (Sevilya, Ispaniya) — 2:2 (qo‘shimcha vaqtda)
Gollar:
0:1 — Antoni (30')
1:1 — Gosens (34')
2:1 — Gosens (42')
2:2 — Abde (97')

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:49, 09.05.2025.
O'qildi: 1505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик