Londonning “Chelsi” klubi Konferensiyalar Ligasi finaliga yo‘l oldi — jamoa yarim final javob uchrashuvida “Yurgorden”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi o‘yinda esa angliyaliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Shu tariqa, Enso Mareska boshchiligidagi “aristokratlar” 2021 yildan buyon ilk bor evrokubok finalida ishtirok etadi. O‘sha yilda “Chelsi” Chempionlar Ligasi finalida “Manchester Siti”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, to‘rtinchi yevrokubok sovrinini qo‘lga kiritgan edi.













