Aleksis Mak Allister Premyer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Liverpul" yarim himoyachisi aprel oyida muxlislar va ekspertlar ovozini qo‘lga kiritib, sovringa ega chiqdi.
Aprel oyida Mak Allister Premyer-ligada 5 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta g‘alaba qozondi va 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Argentinalik futbolchi ilk bor Premyer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.













