Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Qazaqstan Barysy Grand Slam. Bugun o‘rta vaznli dzyudochilarimizdan medallar kutamiz

Qazaqstan Barysy Grand Slam. Bugun o‘rta vaznli dzyudochilarimizdan medallar kutamiz

Baho:
+ | -
Qozog‘istonning Ostona shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirning ikkinchi kungi bellashuvlari boshlandi.

Mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi nufuzli turnirda dunyoning 44 davlatdan kelgan 358 nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahslarga kirishishgan. 

Bugun Qazaqstan Barysy Grand Slam turnirining ikkinchi kuni o‘rta vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi.

Erkaklar o‘rtasida -73, -81 kg, ayollarda esa -63 va -70 kg vaznlarda g‘olib hamda sovrindorlar aniqlanadi. Bugun 5 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz. 

Eslatib o‘tamiz, kecha musobaqaning birinchi kuni -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan tajribali dzyudochimiz Muhriddin Tilovov bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. 

Dzyudochilarimizning ilk davradagi bellashuvlari:

-63 kg: Sevinch Isoqova — Skay Noyester (JAR)

-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva — Nyam-Erdene Batsuuri (Mo‘g‘uliston)

-73 kg: Asadbek Norbo‘tayev — Fabirisio Espozito (Italiya)/ Barux Shmailov (Isroil)  

-73 kg: Muhammadyahyo  Muhammadjonov — Alberto Martin Gaytero (Ispaniya)

-81 kg: Nodirbek Mavlonberdiyev — Li Jun Hvan (Koreya Respublikasi).

Kiritildi: 11:00, 10.05.2025.
O'qildi: 681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик