Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Taekvondochilarimiz kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini oltin medal bilan boshladi

Taekvondochilarimiz kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini oltin medal bilan boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida start olgan kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ilk kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Konstantin Li boshchiligidagi termamizning 37 kg vazn toifasidagi a’zosi Sultonbek Nabiyev finalga qadar yetib borib, hal qiluvchi bellashuvda serbiyalik David Kukich bilan bahs olib bordi. Quvonchlisi, oltin medal yo‘lida kechgan bellashuvda ham Sultonbekning qo‘li baland keldi — 2:1 (11:0/3:8/13:5). Sportchimiz turnir doirasida beshta jang o‘tkazib, ularning barchasida o‘zining ishonchli g‘alabalari bilan xursand qildi va yakunda dunyo birinchiligining oltin medaliga ega chiqdi.

Shunday qilib, Sultonbek Nabiyev terma jamoamiz hisobiga kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ilk kunida oltin medalni taqdim etdi.

Kiritildi: 22:55, 10.05.2025.
O'qildi: 718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик